Bajarilgan loyihalar
Quyida ishlab chiqilgan va hozir ishlab turgan tizimlar. Ba'zi loyihalarda mijoz nomi shartnoma bo'yicha oshkor qilinmaydi — bunday hollarda vazifa va yechim tavsiflangan.
Korporativ saytlar
Moliyaviy lizing kompaniyasi sayti
Toshkentdagi lizing kompaniyasi uchun ko'p tilli korporativ sayt. Xizmatlar bo'limi, lizing shartlari kalkulyatori, ariza formasi va yangiliklar bo'limi. Rus va o'zbek tillarida. Kompaniya mijozlari asosan yuridik shaxslar bo'lgani uchun sayt ishonch va rasmiylikka urg'u berib loyihalangan.
Qurilish va uy-joy kompaniyasi sayti
Obyektlar katalogi, har obyekt uchun alohida sahifa, rasm galereyasi va bog'lanish formasi. Kontentni mijozning o'zi yangilashi uchun admin panel yasaldi.
Internet-do'konlar va savdo tizimlari
Onlayn do'kon va boshqaruv paneli
Mahsulot katalogi, savat, buyurtma rasmiylashtirish va to'liq admin panel: mahsulot qo'shish, qoldiqlarni yuritish, buyurtmalar holatini kuzatish va sotuv statistikasi. Buyurtma kelganda sotuvchiga Telegram orqali bildirishnoma boradi.
Zargarlik mahsulotlari katalogi
Mahsulotlarni kategoriya va og'irlik bo'yicha filtrlash, joriy narxni hisoblash, batafsil kartochkalar. Narx metall kursiga bog'liq bo'lgani uchun admin paneldan bir joyda yangilanadi va butun katalogga tarqaladi.
CRM va ichki tizimlar
EduCRM — o'quv markazlari uchun boshqaruv tizimi
O'quvchilar bazasi, guruhlar va dars jadvali, davomat, to'lovlar hisobi va o'qituvchilar kabineti. Ma'muriyat uchun tushum va qarzdorlik bo'yicha hisobotlar. Har foydalanuvchi turi o'z kirish huquqiga ega.
Tibbiyot xodimlari uchun KPI baholash tizimi
Hamshiralar ishini mezonlar bo'yicha baholash, oylik ball hisoblash va rahbariyat uchun hisobot. Tizim qog'ozdagi jurnallarni almashtirdi — baholash endi bir joyda yig'iladi va tarixi saqlanadi.
Restoranlar uchun SaaS boshqaruv tizimi
Bir nechta restoran bitta platformada ishlaydigan tizim: menyu boshqaruvi, stollar, buyurtmalar va hisobotlar. Har restoran o'z kabinetiga ega.
Telegram botlar va nostandart yechimlar
NFC vizitkalar platformasi
NFC kartani telefonga tekkizganda ochiladigan raqamli vizitka: kontaktlar, ijtimoiy tarmoqlar, xizmatlar. Har foydalanuvchi o'z sahifasini tahrirlaydi. Qidiruv va katalog bo'limi ham bor.
Buyurtma qabul qiluvchi Telegram botlar
Mijozdan buyurtma olib, uni bazaga yozadigan va sotuvchiga xabar yuboradigan botlar. Ba'zi loyihalarda bot sayt bilan bitta bazadan ishlaydi — buyurtma qayerdan kelganidan qat'i nazar bitta admin panelda ko'rinadi.
Qanday ishlaymiz
Har loyiha brifdan boshlanadi: biznes qanday ishlaydi, qaysi jarayon og'riyapti, natijani nimada o'lchaymiz. Texnik yechim shundan keyin tanlanadi — teskarisi emas.
Ishlab chiqish davomida oraliq natijalarni ko'rsatib boramiz, shunda oxirida kutilmagan narsa chiqmaydi. Topshirishda barcha kirish ma'lumotlari va kod sizga o'tadi — hech qanday bog'lanish yoki qaramlik qolmaydi.
O'z loyihangizni muhokama qilmoqchi bo'lsangiz — narxlar bilan tanishing yoki to'g'ridan-to'g'ri yozing.
Ko'p beriladigan savollar
Nega ba'zi loyihalarda mijoz nomi yo'q?
Ichki tizimlar (CRM, KPI, hisobot platformalari) ko'pincha maxfiylik shartnomasi bilan ishlab chiqiladi. Mijoz roziligi bo'lmasa, nomni oshkor qilmaymiz. Vazifa va yechim tavsifi esa har doim beriladi.
Ishlayotgan tizimni ko'rsata olasizmi?
Ha, suhbat davomida demo ko'rsatishimiz mumkin — ekranni ulashib, tizim qanday ishlashini jonli ko'rsatamiz. Bu skrinshotdan ancha foydali.
Xuddi shunday tizim menga qancha turadi?
Bu funksiyalar hajmiga bog'liq. Bazaviy CRM 4 mln so'mdan boshlanadi, murakkab ko'p rolli tizimlar qimmatroq. Sizga aynan nima kerakligini brifda aniqlab, aniq raqam aytamiz.
Yana qarang
Loyihangizni muhokama qilamizmi?
Bepul konsultatsiya va 24 soat ichida aniq taklif.