AI agent yaratish
AI agent — bu chatbot emas. Chatbot oldindan yozilgan javoblarni beradi; agent esa savolni tushunadi, sizning ma'lumotlaringizdan javob topadi va kerak bo'lsa amal bajaradi: buyurtma yaratadi, ma'lumot izlaydi, hisobot tuzadi.
AI agent qanday vazifalarni bajaradi
Eng ko'p so'raladigan yo'nalishlar:
- Mijozlarga javob beruvchi assistent. Sizning narxlaringiz, xizmatlaringiz va shartlaringizni biladi. Savolga faqat o'z ma'lumotingiz asosida javob beradi — o'ylab topmaydi. Javob topolmasa, odamga uzatadi
- Buyurtmani rasmiylashtirish. Mijoz oddiy gap bilan yozadi («ertaga soat 3 ga ikki kishiga stol»), agent tushunib bron yaratadi
- Hujjatlarni qayta ishlash. Skanerdan matn olish, shartnomadan asosiy shartlarni ajratish, hisob-fakturani bazaga kiritish
- Ichki qidiruv. Xodim savol beradi — agent kompaniya hujjatlari va yo'riqnomalaridan javob topadi
- Sotuv tahlili. Yozishmalarni o'qib, mijoz nimadan norozi bo'lganini va qaysi bosqichda ketib qolganini ko'rsatadi
- Kontent tayyorlash. Mahsulot tavsiflari, ijtimoiy tarmoq postlari — ma'lum uslubda va hajmda
Agent Telegram bot ichida, saytdagi chat oynasida yoki CRM tizimingiz ichida ishlashi mumkin.
Agent sizning ma'lumotingizdan qanday javob beradi
Bu eng muhim texnik jihat, chunki AI'ning asosiy xavfi shu: u ishonchli ohangda noto'g'ri javob berishi mumkin. Biznes uchun bu qabul qilib bo'lmas.
Yechim — agentni faqat sizning hujjatlaringiz bilan cheklash. Amalda bu shunday ishlaydi: narxlar, xizmat shartlari, ko'p beriladigan savollar va yo'riqnomalar alohida bazaga yig'iladi. Savol kelganda tizim avval shu bazadan tegishli qismni topadi, so'ng AI faqat o'sha matn asosida javob tuzadi.
Natijada agent «bilmayman, operatorga ulayman» deyishga tayyor bo'ladi — va bu to'g'ri xatti-harakat. O'ylab topilgan javobdan ko'ra halol «bilmayman» yaxshiroq.
Ma'lumot bazasini siz yangilaysiz: narx o'zgarsa, hujjatni yangilaysiz va agent darhol yangi narxni aytadi. Qayta o'qitish shart emas.
O'zbek tilida ishlaydimi
Ha, lekin ochiq gapiraylik: zamonaviy modellar o'zbek tilini yaxshi tushunadi, ammo rus va ingliz tilidagi darajaga hali yetmagan. Amalda bu shuni anglatadi:
- Oddiy savol-javob — muammosiz ishlaydi
- Kirill va lotin — ikkalasini ham tushunadi
- Sheva va qisqartmalar («qkda», «brta») — ba'zan chalkashtirishi mumkin
- Murakkab yuridik yoki tibbiy matn — rus tilida aniqroq chiqadi
Shuning uchun loyihani boshlashdan oldin sinov o'tkazamiz: sizning haqiqiy savollaringizdan 20–30 tasini olib, agent qanday javob berishini ko'rsatamiz. Natija sizni qoniqtirmasa, loyihani davom ettirmaysiz va pul sarflamaysiz. Sinov bepul.
Narx va doimiy xarajatlar
AI loyihalarning saytdan muhim farqi bor: bu yerda ishlab chiqishdan tashqari doimiy foydalanish xarajati ham bo'ladi, chunki har savol AI provayderiga (OpenAI, Anthropic yoki boshqasi) so'rov yuboradi.
| Xarajat | Qancha |
|---|---|
| Ishlab chiqish | 3 mln so'mdan (bir marta) |
| AI so'rovlari | Oyiga 150 000 – 800 000 so'm |
| Server | Oyiga 100 000 so'mdan |
| Qo'llab-quvvatlash | Oyiga 300 000 so'mdan (ixtiyoriy) |
AI so'rovlari narxi murojaatlar soniga bog'liq. Kuniga 50 ta savol uchun taxminan 150 000–250 000 so'm, kuniga 500 ta savol uchun 600 000–800 000 so'm. Aniq raqamni birinchi oy ko'rsatadi va biz uni kuzatib boramiz.
Solishtirish uchun: bitta qo'llab-quvvatlash operatorining oylik maoshi ancha yuqori, agent esa kechayu kunduz ishlaydi va bir vaqtda yuzlab suhbatni olib boradi.
Ko'p beriladigan savollar
Agent noto'g'ri javob bersa nima bo'ladi?
Xavfni kamaytirish uchun agent faqat sizning hujjatlaringiz doirasida javob beradi va ishonchsiz holatda odamga uzatadi. Bundan tashqari, barcha suhbatlar saqlanadi — siz ularni ko'rib chiqib, ma'lumot bazasini to'ldirib borasiz. Moliyaviy yoki tibbiy maslahat kabi jiddiy sohalarda agentga oxirgi qarorni bermaslikni maslahat beramiz.
Mijoz ma'lumotlari xavfsizmi?
Suhbatlar sizning serveringizda saqlanadi. AI provayderiga faqat javob berish uchun zarur matn yuboriladi. Maxfiy ma'lumot (pasport, karta raqami) yuborilmasligi uchun filtr o'rnatamiz. Talab qilinsa, ma'lumot butunlay o'z serveringizda qoladigan yechim ham mumkin — bu qimmatroq, lekin bajariladi.
Bu operatorlarimni almashtiradimi?
Amaliyotda emas — u yukni kamaytiradi. Odatiy savollarning 60–80% ini agent yopadi, operatorlar esa murakkab va pul keltiradigan suhbatlarga vaqt topadi. Butunlay almashtirishga urinish odatda mijoz noroziligiga olib keladi.
Sinovdan boshlash mumkinmi?
Ha, biz shuni tavsiya qilamiz. Sizning 20–30 ta haqiqiy savolingizda agentni sinab ko'ramiz va natijani ko'rsatamiz. Bu bepul va sizni hech narsaga majburlamaydi.
Yana qarang
Loyihangizni muhokama qilamizmi?
Bepul konsultatsiya va 24 soat ichida aniq taklif.