Internet-do'kon yaratish

Mahsulotlaringizni onlayn sotadigan to'liq funksional do'kon: katalog va filtrlar, savat, buyurtma rasmiylashtirish, onlayn to'lov va omborni boshqarish paneli. Mijoz telefonidan buyurtma beradi — siz admin panelda ko'rasiz.

Narx3,5 mln so'mdan
Muddat3–6 hafta
To'lovClick, Payme, Uzum

Internet-do'konga nima kiradi

Internet-do'kon — bu shunchaki mahsulot rasmlari qo'yilgan sayt emas. Uning ortida buyurtma, ombor va to'lovni bog'laydigan tizim turadi. Standart yetkazib beriladigan to'plam:

Xaridor ko'radigan qism

  • Mahsulot katalogi — kategoriyalar, filtrlar (narx, rang, o'lcham, brend), qidiruv
  • Mahsulot kartochkasi — bir nechta rasm, tavsif, xususiyatlar jadvali, mavjudlik holati
  • Savat — miqdorni o'zgartirish, promokod, yetkazib berish narxini hisoblash
  • Buyurtma rasmiylashtirish — ro'yxatdan o'tmasdan ham buyurtma berish imkoniyati
  • Onlayn to'lov — Click, Payme, Uzum yoki naqd/yetkazib berishda to'lash
  • Buyurtma holati — SMS yoki Telegram orqali bildirishnoma

Siz ko'radigan qism (admin panel)

  • Mahsulot qo'shish, tahrirlash, narx va qoldiqni yangilash
  • Buyurtmalar ro'yxati va ularning holati: yangi → tasdiqlangan → yuborilgan → yopilgan
  • Mijozlar bazasi va xarid tarixi
  • Sotuv statistikasi: kunlik tushum, eng ko'p sotilgan mahsulotlar
  • Excel'dan mahsulot import qilish — yuzlab pozitsiyani qo'lda kiritish shart emas

To'lov tizimlarini ulash

O'zbekistonda uchta asosiy to'lov tizimi ishlaydi: Click, Payme va Uzum Bank. Biz uchalasini ham ulaymiz — qaysi birini tanlash sizning mijozlaringizga bog'liq.

Muhim jihat: to'lov tizimini ulash uchun sizda yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik ro'yxatdan o'tgan bo'lishi va bank hisob raqami bo'lishi kerak. Har bir tizim o'z shartnomasini tuzadi va komissiya oladi (odatda 1–3%). Biz texnik ulanishni bajaramiz, hujjatlarni rasmiylashtirishda esa yo'l-yo'riq ko'rsatamiz.

Agar hozircha to'lov tizimi shart bo'lmasa, do'kon "yetkazib berishda naqd to'lov" rejimida ishlay boshlaydi — keyinchalik onlayn to'lovni qo'shish qiyin emas.

Narx nimaga bog'liq

3 500 000 so'm — bu bazaviy do'kon narxi: 100 tagacha mahsulot, standart katalog, savat, buyurtma va admin panel. Narxni oshiradigan omillar:

Qo'shimchaTaxminiy narx
To'lov tizimi integratsiyasi (har biri)500 000 – 900 000
Mahsulot variantlari (rang, o'lcham, o'lchov)600 000 – 1 200 000
Ko'p tillilik (rus / kirill)800 000 dan
1C yoki tashqi ombor bilan sinxronizatsiya1 500 000 dan
Telegram bot orqali buyurtma qabul qilish1 000 000 dan
Yetkazib berish xizmati integratsiyasi800 000 dan
Sodiqlik dasturi, bonus ballari1 200 000 dan

Aniq taklifni brifdan keyin beramiz — barcha pozitsiyalar oldindan yozib beriladi. Boshqa xizmatlar narxini narxlar sahifasida ko'rishingiz mumkin.

Tayyor platforma yoki o'z kodmi

Bu savol har loyihada chiqadi, shuning uchun ochiq javob beramiz.

Tayyor platformalar (WordPress + WooCommerce, OpenCart) arzon va tez ishga tushadi. Kamchiligi: ortiqcha kod ko'p bo'lgani uchun sekinroq ishlaydi, plaginlar yangilanishi bilan muammo chiqishi mumkin va O'zbekiston to'lov tizimlari uchun tayyor modullar har doim ham sifatli emas.

O'z kodimizda yozilgan do'kon tezroq yuklanadi, faqat sizga kerak funksiyalarni o'z ichiga oladi va uzoq muddatda boshqarish osonroq. Boshlang'ich narxi biroz yuqoriroq.

Amaliy tavsiya: mahsulot 100 tagacha bo'lsa va byudjet cheklangan bo'lsa — tayyor platforma yetadi. Do'kon biznesingizning asosiy sotuv kanali bo'lsa yoki nostandart mantiq (masalan, o'lchovga qarab narx) kerak bo'lsa — o'z kodi to'g'riroq. Brifda qaysi biri sizga mos kelishini birga hal qilamiz.

Do'kon ishga tushgandan keyin

Do'kon ochilgani mijoz kelishini anglatmaydi. Ishga tushirishdan keyin uchta narsa kerak:

  • Mahsulot kartochkalari sifati. Har mahsulotga o'z tavsifi va yaxshi rasm kerak — bu ham Google'da chiqishga, ham xaridorning qaroriga ta'sir qiladi
  • Trafik. Google Ads bugundan, SEO 3–6 oyda. Do'konlar uchun SEO ayniqsa foydali: har mahsulot sahifasi alohida so'rov bo'yicha chiqishi mumkin
  • Tahlil. Google Analytics qaysi mahsulot ko'rilyapti-yu, savatda qoldirilayotganini ko'rsatadi — shu ma'lumot bilan sotuvni oshirish oson

Biz do'konni topshirishda Analytics va Search Console'ni ulaymiz hamda admin paneldan foydalanishni o'rgatamiz.

Ko'p beriladigan savollar

Nechta mahsulot qo'sha olaman?

Texnik cheklov yo'q — minglab mahsulot bo'lishi mumkin. Bazaviy narx 100 tagacha pozitsiya uchun hisoblangan; undan ko'p bo'lsa, katalog tuzilmasi murakkablashadi va narx biroz oshadi.

To'lov tizimini ulash uchun nima kerak?

Ro'yxatdan o'tgan YaTT yoki MChJ va bank hisob raqami. Click, Payme yoki Uzum bilan shartnoma tuzasiz, biz esa texnik ulanishni bajaramiz. Rasmiylashtirish odatda 3–7 kun oladi.

Mobil ilova ham kerakmi?

Boshida shart emas. Zamonaviy do'kon telefonda ilova kabi qulay ishlaydi va uni yuklab olish shart emas. Ilova doimiy qaytadigan mijozlar ko'payganda mantiqli bo'ladi — o'shanda Telegram Mini App arzonroq va tezroq yechim bo'lishi mumkin.

Mahsulotlarni o'zim qo'sha olamanmi?

Ha, admin panel aynan shu uchun. Mahsulot qo'shish, narx va qoldiqni o'zgartirish, buyurtmalarni ko'rish — hammasi sizning qo'lingizda. Topshirish kuni bir soatlik o'rgatish o'tkazamiz va qisqa qo'llanma beramiz.

Do'kon qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Bazaviy do'kon 3 hafta, murakkabroq loyihalar 4–6 hafta. Eng ko'p vaqtni mahsulot ma'lumotlari oladi — katalog Excel formatida tayyor bo'lsa, muddat sezilarli qisqaradi.

Yana qarang

Loyihangizni muhokama qilamizmi?

Bepul konsultatsiya va 24 soat ichida aniq taklif.